Bugun
33
O'zbek

Superliganing 26-turi: Viktor Karpenko qaysi jamoalarga ustunlik berdi?

Eksklyuziv
30 oktabr, 03:29
Karpenko Tribuna.uz uchun 26-tur juftliklarining imkoniyatlarini baholadi.
Superliganing 26-turi: Viktor Karpenko qaysi jamoalarga ustunlik berdi?
Фото: Бунёдкор ПФК

Superliganing 26-turi ostonasida turibmiz. Navbatdagi tur bahslari ham shubhasiz e’tiborga molikdir. Turning markaziy o‘yini Namanganda vodiy derbisi doirasidagi «Navbahor» - «Andijon» qarama-qarshiligidir.

Sovrinli o‘rinlar uchun kurashayotgan klublarning o‘yinlari va undagi intriga ham o‘ziga xos tarzda kechyapti.

Taniqli sobiq futbolchi va bugungi kunda murabbiylik bilan shug‘ullanayotgan Viktor Karpenko Tribuna.uz uchun 26-tur juftliklarining imkoniyatlarini baholadi.

30 oktabr
18:30. «Qo‘qon-1912» — «Qizilqum»

- Har ikki jamoa uchun ham oson bo‘lmagan o‘yinni kutyapman. «Qo‘qon-1912» o‘z maydonida harakat qiladi, biroq turnir jadvalidagi holatdan kelib chiqib, «Qizilqum» afzalroq ko‘rinmoqda. Menimcha, mehmonlarning ochko qo‘lga kiritish imkoniyati yaxshi. Biroq ko‘p narsa himoyadagi o‘yinga bog‘liq bo‘ladi. Taxminim — durang yoki «Qo‘qon-1912»ning minimal hisobdagi g‘alabasi.

18:30. «So‘g‘diyona» — «Buxoro»

- Menimcha, bu turning eng qiziqarli uchrashuvlaridan biri bo‘ladi. Turnir jadvalidagi farqqa qaramay, «So‘g‘diyona» o‘z maydonida o‘ynaydi va yaxshi hujum salohiyatiga ega. Jamoa uchun uyushqoq harakat qilish va raqibga ko‘plab vaziyatlar yaratish imkonini bermaslik muhim. Men bu uchrashuvda «So‘g‘diyona»ga biroz ustunlik bergan bo‘lardim. Nazarimda, mezbonlarning g‘alaba qozonish imkoniyati yaxshi.

18:30. «Xorazm» — «Paxtakor»

- Tarkib va tajriba nuqtayi nazaridan «Paxtakor» ushbu uchrashuv favoriti bo‘lib ko‘rinmoqda. Biroq «Neftchi»dan qabul qilingan mag‘lubiyatdan keyin jamoa to‘g‘ri xulosa chiqarib, o‘z saviyasini namoyon etishi muhim. «Xorazm» ochkolar uchun kurash olib boradi, shunga qaramay, ustunlikni mehmonlarga bergan bo‘lardim.

31 oktabr
17:00. «Surxon» — «Nasaf»

- «Nasaf» o‘yinni yaxshi tashkil etishi va turnir jadvalidagi ustunroq holati bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, «Surxon» o‘z maydonida har qanday raqibga muammo tug‘dirishga qodir. Qiziqarli uchrashuvni kutyapman, unda ko‘p narsa vaziyatlardan foydalanish mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. Biroz ustunlikni «Nasaf»ga bergan bo‘lardim.

17:00. «Mash’al» — «Dinamo»

- Joriy mavsumdagi natijalarni hisobga olsak, «Dinamo» ushbu uchrashuv favoriti bo‘lib ko‘rinmoqda. «Mash’al» uchun chempionatdagi vaziyat oson emas, shu bois mezbonlar bor kuchini ishga solishi kutilmoqda. Shunga qaramay, Samarqand jamoasining ijobiy natija qayd etish imkoniyatini yuqoriroq, deb hisoblayman.

19:00. «Navbahor» — «Andijon»

- «Navbahor» o‘z maydonida an’anaviy ravishda kuchli o‘yin namoyish etadi. Tarkib va turnir jadvalidagi holat nuqtayi nazaridan ham mezbonlar ustunlikka ega. Biroq «Andijon» raqibga munosib qarshilik ko‘rsatishga qodir. Shuning uchun «Navbahor» raqibni kamsitmasligi kerak. Menimcha, mezbonlar g‘alabaga biroz yaqinroq, ammo oson o‘yin bo‘lishini kutmagan bo‘lardim.

1 noyabr
19:00. «Lokomotiv» — OKMK

- Teng kuchli va qiziqarli uchrashuvni kutyapman. Har ikki jamoa ham turnir jadvalining yuqori qismida bormoqda va o‘zining ustun jihatlariga ega. «Lokomotiv» o‘z maydonidagi ustunlikdan foydalanishga harakat qiladi, OKMK esa raqib himoyasidagi bo‘shliqlar va xatolardan unumli foydalanishi mumkin. Bu bahsda yaqqol favoritni ajratmagan bo‘lardim — durang ehtimoli ham yuqori.

«Neftchi» — «Bunyodkor» (14 noyabr)

«Neftchi» kuchli mavsum o‘tkazmoqda va chempionlik uchun kurash olib bormoqda. Jamoa barqaror natijalar qayd etayotgani sababli favorit sifatida ko‘rilmoqda. «Bunyodkor» ham munosib qarshilik ko‘rsatishi mumkin, biroq barcha omillarni hisobga olganda, ustunlik «Neftchi» tomonida. Menimcha, Farg‘ona jamoasining g‘alaba qozonish imkoniyati yaxshi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar