Rio Ferdinand Karlos Tevesdan Lionel Messi va Krishtianu Ronaldudan birini tanlashni so‘radi.
— Men uchun Messi. Unda bu qobiliyat tabiatan bor. Unga hamma narsa oson.
Krishtianu har bir fint va harakat ustida mashq qilgan. Ammo men Messining bu jihatlarni maxsus mashq qilganini hech qachon ko‘rmaganman.
— Ularning o‘rtasidagi asosiy farq nimada?
— Agar jismoniy imkoniyatlari va kuchiga e’tibor qaratsak, ular teng. Ronalduning ustun jihati — u bosh bilan ko‘proq gol urgan. Zarba berish borasida esa Messi ham, Krishtianu ham ancha o‘sishga erishdi. Ularning eng yaxshi bo‘lishga intilishi va o‘zaro raqobati rivojlanishlariga yordam berdi, — dedi Argentina milliy jamoasining sobiq hujumchisi.

Avvalroq Teves “Manchester Yunayted”dagi sobiq jamoadoshi Pol Skoulzni Messi va Ronaldudan ustun qoʻygandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi