Bugun
33
O'zbek

«Arsenal»ning Doumen bo‘yicha bergan apellyatsiyasi rad etildi

Futbol
30 oktabr, 02:30
16 yoshli yarimhimoyachi Liga kubogida qizil kartochka olib, 3 ta o‘yinga chetlatilgandi.
«Arsenal»ning Doumen bo‘yicha bergan apellyatsiyasi rad etildi
Foto: Getty Images

«Arsenal» klubining yarimhimoyachi Maks Doumenga nisbatan belgilangan jazoni adolatsiz va haddan tashqari og‘ir deb hisoblab, bu borada bergan apellyatsiyasi mustaqil komissiya tomonidan rad etildi.

16 yoshli futbolchi Angliya Liga kubogining 1/8 final bosqichidagi «Flitvud»ga (1:1, penaltilar seriyasida — 3:5) qarshi bahsda raqib futbolchisining ko‘ksiga oyog‘i bilan zarba bergani uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka olgandi.

Angliya FA rasmiy bayonotida ta’kidlanishicha, Doumen 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan.

Hodisa bellashuvning 85-daqiqasida sodir bo‘lgan. Doumen raqib futbolchisining o‘ziga nisbatan qo‘pol o‘ynaganidan norozi bo‘lgan. Shundan so‘ng angliyalik o‘yinchi raqibiga qarab burilib, uning ko‘ksiga oyog‘i bilan zarba bergan. Bu voqeadan keyin har ikki jamoa futbolchilari o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar