Live
3
O'zbek

«Atletiko» «Arsenal» qiziqish bildirayotgan hujumchini qishda qo‘yib yubormaydi

Futbol
29 oktabr, 07:50
Madrid klubi Aleks Baenani yanvar oyidagi transfer oynasida sotishni rejalashtirmayapti.
«Atletiko» «Arsenal» qiziqish bildirayotgan hujumchini qishda qo‘yib yubormaydi
Foto: Getty Images

«Atletiko» Madrid qanot hujumchisi Aleks Baena qishki transfer oynasida «Arsenal»ga o‘tmaydi. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Madrid klubi 25 yoshli ispaniyalik futbolchiga «Arsenal» tomonidan jiddiy qiziqish bildirilayotganiga qaramay, uni qishda sotish niyatida emas. Londonliklar transferni amalga oshirish uchun «Atletiko» rad eta olmaydigan taklif bilan chiqishi kerak bo‘ladi.

Shu bilan birga, «Arsenal» Baenani kelasi yozgi transfer oynasida sotib olishga urinib ko‘rishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Baena ushbu mavsumda barcha turnirlarda 13 ta bahsda maydonga tushib, beshta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali 25 yoshli vingerning transfer qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar