«Manchester Siti» klubi va Argentina milliy jamoasi yarimhimoyachisi Enso Fernandes 2026 yilgi Jahon chempionati finalida Ispaniyaning g‘alabasi atrofida paydo bo‘lgan fitna nazariyalari haqida o‘z fikrini bildirdi.
Luis de la Fuente boshchiligidagi «qizil furiya» hal qiluvchi bahsda argentinaliklarni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvning qo‘shimcha bo‘limida Ferran Torres tomonidan kiritilgan gol ispaniyaliklarga g‘alaba keltirdi.
«Ota-onam menga qo‘ng‘iroq qilib, nima bo‘lganini so‘rashdi... Hech qanday g‘ayrioddiy holat bo‘lmagan. Bularning barchasi — yolg‘on va uydirma. Ispaniya bizdan halol va adolatli tarzda ustun keldi. Raqibni g‘alaba bilan tabriklashimiz kerak.
Ular bizdan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishdi. Raqib kuchliroq bo‘lganini tan olishimiz kerak. Biz finalgacha yetib keldik, ammo maqsadimizga — g‘olib bo‘lishga erisha olmadik. Shunga qaramay, jamoamiz ko‘rsatgan barcha sa’y-harakatlarni qadrlayman», — dedi Fernandes Los Edul YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Enso: «Finalda bizga bosim bo‘lmagan. Ispaniya bizdan kuchli edi va haqli tarzda yutdi»
Futbol
29 oktabr, 23:20
22
«Siti»ning argentinalik yarimhimoyachisi JCh-2026 finalidagi mag‘lubiyat adolatli bo‘lgani haqida gapirdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi