Bugun
33
O'zbek

«Haqiqiy shok bo‘ldi» — Enso Messining milliy jamoa bilan xayrlashuvi haqida

Futbol
30 oktabr, 02:34
«Siti» yarimhimoyachisi argentinalik afsonaning xayrlashuv o‘yinida yig‘lab yuborgandi.
«Haqiqiy shok bo‘ldi» — Enso Messining milliy jamoa bilan xayrlashuvi haqida
Foto: Getty Images

«Manchester City» klubi va Argentina yarimhimoyachisi Enso Fernandes Lionel Messining milliy jamoani tark etishi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

25 yoshli futbolchi Leoning milliy jamoa safidagi xayrlashuv o‘yini — Beninga (3:0) qarshi bahs vaqtida nima sababdan ko‘z yoshlarini tiya olmaganini tushuntirdi.

«Televizorni yoqib, uni tomosha qilgan paytlarimni esladim. U endi biz bilan birga bo‘lmasligini anglash men uchun kutilmagan zarba bo‘ldi. Buni qabul qilish juda og‘ir edi.

Doimo u bilan bir jamoada o‘ynashni orzu qilganman. Bolaligimdanoq u bilan birga maydonga tushish haqida o‘ylardim. Keyin esa u bilan bir jamoada o‘ynab, birgalikda ko‘plab yutuqlarga erishganimizdan so‘ng meni qayg‘u qamrab oldi. Bizning qahramonimiz endi bu yerda bo‘lmaydi. Buni anglash men uchun haqiqiy shok bo‘ldi»,
— dedi Enso Los Edul YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Enso va Argentina futbolchilari Messining xayrlashuv oʼyinida
Foto: Getty Images

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
Bugungi yangiliklar