«Sakramento Kings» jamoasining 19 yoshli pleymeykeri Darius Eykaff NBA faoliyatining dastlabki beshta o‘yinida kamida ikki marta 30 ochko jamg‘argan so‘nggi 30 yildagi birinchi basketbolchiga aylandi. Bu haqda «Nyu-Orlean Pelikans»ga qarshi uchrashuv translyatsiyasi vaqtida NBC Sports ma’lum qildi.
30-oktabr kuni tunda bo‘lib o‘tgan «Pelikans»ga qarshi bahsda Eykaff 34 ochko to‘pladi. U maydondan amalga oshirgan 26 ta zarbasining 13 tasi savatchaga tushdi. Bungacha 24-oktabr kuni «Portlend Treyl Bleyzers»ga qarshi o‘yinda (120:128) himoyachi o‘z hisobiga 33 ochko yozdirib qo‘ygandi.
Shu tariqa amerikalik basketbolchi NBAdagi debyut mavsumining (2026/2027) dastlabki beshta uchrashuvida ikki marta 30 ochkolik chegaradan o‘tdi.
Bunday natijaga so‘nggi bor Allen Iverson 1996/1997-yilgi mavsumda erishgandi. Umuman olganda, 1959-yildan buyon 9 nafar basketbolchi shunday natija qayd etgan. Ular orasida Shaqil O‘Nil (1992/1993), Uilt Chemberlen (1959/1960) va Uolt Bellami (1961/1962) ham bor.
Darius Eykaff 2026-yilgi NBA draftida «Sakramento Kings» tomonidan 7-raqam ostida tanlangan edi. Ungacha basketbolchi Arkanzas universiteti jamoasida o‘ynagan.
Basketbol. 19 yoshli debyutant NBAda XXI asrda kuzatilmagan natijani qayd etdi
Boshqalar
30 oktabr, 01:00
U dastlabki besh o‘yinining ikkitasida 30+ ochko jamg‘ardi.
Foto: Getty Images