Live
3
O'zbek

Brunu Fernandesh «MYU»ni tark etishi mumkin

Futbol
29 oktabr, 09:15
Portugaliyalik yarimhimoyachiga Saudiya Arabistonining bir nechta klubi qiziqish bildirmoqda.
Brunu Fernandesh «MYU»ni tark etishi mumkin
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. El Nacional nashri xabariga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi bilan bosh murabbiy Maykl Kerrik o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashib bormoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Manchester Yunayted» rahbariyati murabbiyni qo‘llab-quvvatlagan. Shu sababli Fernandesh endi jamoada daxlsiz futbolchi sifatida ko‘rilmayapti. Portugaliyalik yarimhimoyachiga Saudiya Arabistonining bir nechta klubi qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq Fernandesh «Manchester Yunayted» bosh murabbiyini tanqid qilgan edi. Bu holat futbolchi va murabbiy o‘rtasidagi kelishmovchiliklar haqidagi xabarlar fonida yuz berdi.

Ma’lumot uchun, Fernandesh ushbu mavsumda barcha turnirlarda 11 ta bahsda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchining «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi 2027-yil iyunigacha amal qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar