«Milan» hujumchisi Kristian Pulishich klub bilan shartnomasini uzaytiradi. Jurnalist Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, yangi kelishuv 2031-yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, futbolchining yillik maoshi 6 million yevroni tashkil etadi.
Skiraning ta’kidlashicha, shartnoma 29-oktyabr kuni imzolanishi rejalashtirilgan.
28 yoshli Pulishich 2023-yildan buyon «Milan» safida to‘p tepmoqda. U ushbu mavsumda Italiya chempionatida oltita bahsda qatnashib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, hujumchi Yevropa ligasida ham ikkita o‘yinda maydonga tushgan.
Ma’lumot uchun, Pulishich AQSH milliy jamoasi futbolchisi hisoblanadi. U «Milan» hujum chizig‘idagi muhim o‘yinchilardan biri sanaladi.