Bugun
31
O'zbek

Roy Kin: «Men Kerrikni «Bornmut» bilan bahsdan keyin iste’foga chiqarishlarini kutgandim»

Futbol
29 oktabr, 07:20
«Manchester Yunayted»ning sobiq sardori Maykl Kerrikning bosh murabbiy sifatidagi faoliyatini tanqid qildi.
Roy Kin: «Men Kerrikni «Bornmut» bilan bahsdan keyin iste’foga chiqarishlarini kutgandim»
Foto: Getty Images
31.10.2026, 08:30 Angliya Premer-ligasi Chelsi Chelsi - : - Manchester Yunayted Manchester Yunayted

«Manchester Yunayted»ning sobiq sardori Roy Kin jamoa bosh murabbiyi Maykl Kerrikning faoliyati haqida keskin fikr bildirdi. Irlandiyalik sobiq futbolchining fikricha, mutaxassis «Bornmut»ga qarshi bahsdan keyin iste’foga chiqarilishi kerak edi.

«Men uni «Bornmut» bilan o‘yindan keyinoq ishdan bo‘shatishlarini kutgandim. Birinchi kundanoq Kerrik bu lavozim uchun yetarlicha yaxshi emasligini aytib kelganmiz. O‘tgan mavsumda Maykl bir nechta bahsda jamoani boshqardi va keyin bosh murabbiyga aylandi. Ko‘pchilik o‘tgan mavsumdagi natijalari uchun unga bu lavozimni berish kerakligini ta’kidladi. Hozir esa u natija ko‘rsata olmayapti, biroq odamlar aybni direktorlar kengashidan izlamoqda», — deya Kinning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Ma’lumot uchun, APLning so‘nggi turida «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Bornmut»ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, manba xabariga ko‘ra, ushbu mag‘lubiyatdan keyin «Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar