Live
3
O'zbek

Jahongir O‘rozov: «Rossiya JCH-2026 yarimfinaliga chiqish uchun kurashishi mumkin edi»

Futbol
29 oktabr, 07:40
O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Rossiya milliy jamoasining salohiyatini yuqori baholadi.
Jahongir O‘rozov: «Rossiya JCH-2026 yarimfinaliga chiqish uchun kurashishi mumkin edi»
Foto: Getty Images

Qozonning «Rubin» klubi va O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Jahongir O‘rozov Rossiya milliy jamoasi 2026-yilgi jahon chempionatida qanday natijaga erishishi mumkinligi haqidagi fikrini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, rossiyalik futbolchilar kamida yarimfinalga chiqish uchun kurashishi mumkin edi.

«Kamida yarimfinalgacha yetib borishi mumkin edi. Rossiya jamoasining tarkibi yaxshi. 2018-yilda ular barcha raqiblar bilan tengma-teng o‘ynay olishini isbotlagan. Milliy jamoangiz xalqaro musobaqalarga qaytganida, kamida yarimfinal uchun kurashishingiz mumkin», — deya O‘rozovning so‘zlarini keltiradi RB Sport.

Ma’lumot uchun, Rossiya 2022-yil fevralidan buyon xalqaro turnirlarda ishtirok etishdan chetlatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va O‘zbekiston milliy jamoalari 12-noyabr kuni Toshkentda o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Rossiya Rossiya
  • Rubin Qozon Rubin Qozon
Bugungi yangiliklar