La Liga oktabr oyining eng yaxshi futbolchisi sovriniga nomzodlarni e’lon qildi.
Oy yakunlariga ko‘ra, mukofot uchun 5 nafar futbolchi da’vogarlik qilmoqda:
🔘 Matias Dituro («Elche») — maydonda 270 daqiqa, 3 ta o‘yinda o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazmagan, 9 ta seyv;
🔘 Gonsalu Gedesh («Real Sosiedad») — maydonda 170 daqiqa, 2 ta gol, 1 ta golli uzatma, 1 ta yakkakurashda g‘alaba, paslar aniqligi — 84%;
🔘 Aleks Grimaldo («Atletiko») — maydonda 225 daqiqa, 1 ta gol, 1 ta golli uzatma, 11 ta yakkakurashda g‘alaba, paslar aniqligi — 91%;
🔘 Kilian Mbappe («Real») — maydonda 264 daqiqa, 4 ta gol, 16 ta yakkakurashda g‘alaba, paslar aniqligi — 83%;
🔘 Lamin Yamal («Barselona») — maydonda 250 daqiqa, 1 ta gol, 2 ta golli uzatma, 17 ta yakkakurashda g‘alaba, paslar aniqligi — 72%.
Ma’lumot uchun, sentabr oyida «Barselona» hujumchisi Rafinya eng yaxshi futbolchi deb topilgandi.
Mbappe, Yamal va yana 3 futbolchi — La Ligada oyning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga da’vogar
Futbol
29 oktabr, 16:25
Oktabrning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga 5 da’vogar bor.
Foto: Getty Images