Live
9
O'zbek

Saudiya Proligasi. Ronalduning het-trigi «An Nasr»ga g‘alaba keltirdi, «Al Qodisiya»da 6:0

Futbol
29 oktabr, 16:00
    147
41 yoshli hujumchi gollarini 985 taga yetkazdi. Feliks 4 ta assist qayd etdi.
Saudiya Proligasi. Ronalduning het-trigi «An Nasr»ga g‘alaba keltirdi, «Al Qodisiya»da 6:0
Foto: Al Nassr
29.10.2026 FT Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Al Nassr Al Nassr 5 : 3 Al Kholud Al Kholud

Saudiya Arabistoni chempionatining 12-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi.

«An Nasr» (28, 2-o‘rin) 8 ta gol urilgan bahsda «Al Holud» (12, 10-o‘rin) ustidan g‘alaba qozondi. Ronaldu 15 daqiqa ichida het-trikka erishib, faoliyatidagi gollarini 985 taga yetkazib oldi. Bellashuvda Joau Feliks 4 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

«Al Qodisiya» (28, 1-o‘rin) esa safarda «Ar Riyod»ga (12, 11-o‘rin) javobsiz 6 ta gol urib, peshqadamga aylandi. Reynders ham het-trik qayd etdi.

Saudiya Proligasi. 12-tur. 29-oktabr
An Nasr — Al Holud 5:3

Gollar: Angelo (24), Mane (38), Ronaldu (66, 72, 81) — Domingesh (16, 90+4 penalti), Essomba (45+2).
An Nasr — Bento, Bushal (Nosir, 83), Simakan, Martines, Ayman (Aman, 81), Al Hamdan (G‘arib, 74), Al Haybari (Al G‘amdi, 81), Angelo (An Naji, 81), Mane, Feliks, Ronaldu.

Ar Riyod — Al Qodisiya 0:6
Gollar: Reynders (18, 56, 86), Salim (37), Muhammad (67), Kinyones (87).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al Nassr Al Nassr
  • Al Kholud Al Kholud
  • Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

147 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar