Nunu Manishe Krishtianu Ronalduning kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.
«Krishtianu faoliyatini 1000 ta gollik marraga yetganida yakunlaydi. U bu natijaga erishishiga hech qanday shubha yo‘q.
Agar u ushbu marraga yetib, o‘g‘li bilan bir jamoada o‘ynashga ham ulgursa, bu uning faoliyati uchun mukammal yakuniy nuqta bo‘lardi», — dedi Portugaliya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi.
41 yoshli Ronaldu hozirda «An Nasr» klubida to‘p tepmoqda. Uning o‘g‘li esa shu klubning U-17, ya’ni 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar jamoasida o‘ynaydi. Hozirda Krishtianuning hisobida 982 ta gol bor.
Manishe: «Ronaldu 1000 ta gol urgach, faoliyatini yakunlaydi»
Futbol
28 oktabr, 09:32
8
Portugaliyalik sobiq yarimhimoyachi 41 yoshli hujumchi uchun mukammal yakun qanday bo‘lishini aytdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi