Live
3
O'zbek

France Football muharriri: «Ovoz berish jarayonlarida uzoq vaqt davomida Mbappe Keyndan oldinda edi»

Futbol
28 oktabr, 08:21
    15
Garsiyaning ta’kidlashicha, «Bavariya» hujumchisi kichik farq bilan «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritdi.
France Football muharriri: «Ovoz berish jarayonlarida uzoq vaqt davomida Mbappe Keyndan oldinda edi»
Foto: Getty Images

France Football jurnali bosh muharriri Vensan Garsiya Harri Keyn g‘olib bo‘lgan «Oltin to‘p» uchun ovoz berish jarayoni tafsilotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bavariya» hujumchisi «Real» forvardi Kilian Mbappedan o‘zib ketdi.

«Ovoz berish jarayoni davom etgan bir oy mobaynida Kilian oldinda edi, ammo Keyn unga yetib olishga muvaffaq bo‘ldi.

Mbappe va Keyn o‘rtasidagi farq juda kichik edi. Hatto ular o‘rtasidagi ochkolar farqi 2024-yilda Rodrigo va Vinisius o‘rtasidagi farqdan ham kam bo‘ldi. O‘shanda farq 41 ochkoga teng edi. Bu safar ham taxminan shuncha bo‘ldi»
, — dedi Garsiya.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Bavariya Bavariya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15 izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar