Live
19
O'zbek

Dzyudo. Kamoliddin Baxtiyorov Abu-Dabi «Katta dubulg‘a» turnirida sovrindor bo‘ldi

Boshqalar
29 oktabr, 14:00
BAAda turnir start oldi.
Dzyudo. Kamoliddin Baxtiyorov Abu-Dabi «Katta dubulg‘a» turnirida sovrindor bo‘ldi
Foto: IJF

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi a’zosi Kamoliddin Baxtiyorov BAAning Abu-Dabi shahrida start olgan «Katta dubulg‘a» musobaqasida shohsupaga ko‘tarildi.

-60 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi uchinchi o‘rin uchun bahsda isroillik Izhak Ashpizdan ustun keldi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston ushbu turnirga quyidagi tarkib bilan yo‘l olgan:

Erkaklar:
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov
-66 kg: Dilshodbek Hamroyev
-73 kg: Zamohshari Bekmurodov
-90 kg: Shahzodxo‘ja Sharipov
-90 kg: Umar Bozorov
-100 kg: To‘lqinbek Turdiyev

Ayollar:
-48 kg: Ulbo‘sin Hakimova
-52 kg: Sita Qadamboyeva
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva
-70 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva
-78 kg: Barchinoy Qodirova
+78 kg: Iriskhon Qurbonboyeva

Bugungi yangiliklar