Live
11
O'zbek

Vinisius mutaxassislar bilan tezligi va driblingi pasayganining sababini o‘rganmoqda

Futbol
29 oktabr, 13:37
    9
«Real» vingeri avvalgi darajasiga qaytmoqchi.
Vinisius mutaxassislar bilan tezligi va driblingi pasayganining sababini o‘rganmoqda
Foto: Getty Images

Braziliya milliy jamoasi va Madridning «Real» klubi vingeri Vinisius Junior avvalgi tezligida yugura olmayotganining sabablarini mutaxassislar bilan birgalikda o‘rganmoqda.

Shuningdek, 27 yoshli futbolchi dribling sifati pasayganining sabablarini ham aniqlashga harakat qilmoqda. Bu haqda jurnalist Tomas Gonsales-Martin o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Bu mavsumda Vinisius barcha musobaqalarda 11 ta bahsda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

Futbolchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning qiymati 130 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

9 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar