Live
2
O'zbek

Osimhen: «Batrakovni «Galatasaroy»ga olib kelgan insonni mukofotlash kerak»

Futbol
29 oktabr, 11:50
Istanbul klubi markaziy hujumchisi jamoaga rossiyalik yarimhimoyachining kelib qo‘shilishi haqida fikrlarini bildirdi.
Osimhen: «Batrakovni «Galatasaroy»ga olib kelgan insonni mukofotlash kerak»
Foto: Gettyimages

Istanbulning «Galatasaroy» klubining yulduzi, markaziy hujumchi Viktor Osimhen jamoaga rossiyalik yarimhimoyachi Aleksey Batrakovning kelishi haqida gapirdi.

«Galatasaroy»ga Batrakovni olib kelgan insonni mukofotlash kerak», - deya nigeriyalik forvard so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sporx.

Eslatib o‘tamiz, Istanbul top-klubi 21 yoshli rossiyalik futbolchini Moskvaning «Lokomotiv» klubidan 25 million yevro evaziga sotib olgandi. Futbolchi turk klubi bilan besh yillik mehnat shartnomasi imzolagan.

Ushbu mavsumda Batrakov «Galatasaroy» safida barcha musobaqalarni inobatga olganda 10 ta o‘yinda maydonga tushdi. Aleksey 2 ta gol urib, sheriklariga 2 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Galatasaray Galatasaray
Bugungi yangiliklar