Live
5
O'zbek

Misrning shikoyati Leteksyening JCHdagi faoliyatiga ta'sir qilmasligi kutilmoqda

Futbol
8 iyul, 12:07
FIFA hakamni faqat uning ishlash sifati asosida baholaydi, mamlakatlar esa hakamlar brigadasiga veto qo'ya olmaydi.
Misrning shikoyati Leteksyening JCHdagi faoliyatiga ta'sir qilmasligi kutilmoqda
Foto: Getty Images
07.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Argentina Argentina 3 : 2 Misr Misr

Misr futbol assotsiatsiyasining FIFAga yo'llagan shikoyati fransiyalik hakam Fransua Leteksyening Jahon chempionatidagi faoliyatiga jiddiy ta'sir ko'rsatishi ehtimoldan yiroq. Bu haqda L'Équipe nashri xabar berdi.

Avvalroq Misr futbol assotsiatsiyasi JCH-2026 1/8 finalida Argentinaga qarshi kechgan bahs (2:3) hakamligi yuzasidan FIFAga rasmiy norozilik bildirgan edi. Afrika vakillari Leteksyening ayrim qarorlaridan norozi bo'lib, fransiyalik hakamlar brigadasini turnirdan chetlatishni so'ragan.

Biroq manbaga ko'ra, bunday shikoyatning muvaffaqiyat qozonish ehtimoli juda past. Sababi, hech bir mamlakat FIFA hakamlar brigadasini tayinlash yoki chetlatish masalasida veto huquqiga ega emas. Bu boradagi yakuniy qaror FIFA Hakamlar qo'mitasi vakolatiga kiradi.

Shunga qaramay, Leteksyening ushbu bahsdagi hakamligi tahlil qilinadi. Qo'mita uning faoliyatini rasmiy hisobotlar, bahsli videolavhalar va hakamlik sifati asosida baholab, turnirdagi keyingi ishtiroki yuzasidan qaror qabul qiladi.

L'Équipe qayd etishicha, hozircha fransiyalik hakamning turnirni tark etish ehtimoli juda past. Shu bilan birga, agar Fransiya milliy jamoasi chorakfinalga yo'l olsa, mamlakat manfaatlari to'qnashuvi sabab fransiyalik hakamlar — Fransua Leteksye va Kleman Tyurpenning keyingi bosqichlarda ishlash imkoniyati cheklanishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, avvalgi Jahon chempionatlarida ham ayrim federatsiyalar FIFAga shunga o'xshash shikoyatlar yuborgan. Biroq shu kungacha biror hakam faqat ma'lum bir mamlakatning noroziligi sabab turnirdan chetlatilmagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Misr Misr
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

40+ izoh +5 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar