Bugun
10
O'zbek

Messi 38 yoshdan oshgan futbolchilar urgan gollarning deyarli yarmiga mualliflik qilgan

Futbol
8 iyul, 15:15
Argentina sardori Jahon chempionatlarida navbatdagi tarixiy natijani qayd etdi.
Messi 38 yoshdan oshgan futbolchilar urgan gollarning deyarli yarmiga mualliflik qilgan
Foto: Getty Images
07.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Argentina Argentina 3 : 2 Misr Misr

Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH-2026 1/8 finalida Misr darvozasini ishg'ol qilib, yana bir tarixiy statistikaga muallif bo'ldi.

OptaJoe ma'lumotiga ko'ra, Messi 38 yoshdan oshgan futbolchi sifatida Jahon chempionatlarida urgan gollari sonini 8 taga yetkazdi.

Qayd etilishicha, mundiallar tarixida 38 yoshdan katta futbolchilar jami 17 ta gol urgan bo'lsa, ularning deyarli yarmi aynan Messi hisobiga to'g'ri keladi.

Eslatib o'tamiz, Misrga qarshi 1/8 final bahsida (3:2) Lionel Messi nafaqat gol urdi, balki bitta golli uzatmaga ham mualliflik qildi.

Argentina milliy jamoasi Jahon chempionati chorakfinalida Shveysariya bilan bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Misr Misr
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar