Live
5
O'zbek

Messi JCH-2026 pley-offida jarima zarbalaridan hali gol ura olmadi

Futbol
8 iyul, 11:52
Argentina sardori pley-off bosqichida besh bor jarima zarbasini ijro etdi, ularning hech biri gol bilan yakunlanmadi.
Messi JCH-2026 pley-offida jarima zarbalaridan hali gol ura olmadi
Foto: Getty Images
07.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Argentina Argentina 3 : 2 Misr Misr

Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH-2026 pley-off bosqichida jarima zarbalaridan hali hisobini ochgani yo'q.

1/16 finalda Kabo-Verdega qarshi bahsda (3:2, qo'shimcha bo'limlarda) 39 yoshli futbolchi to'rt marta jarima zarbasini amalga oshirdi. Ularning uchtasini Kabo-Verde darvozaboni Vozinya qaytargan bo'lsa, yana bir zarba himoyachilar devoriga tekkan.

Misrga qarshi 1/8 final bahsida (3:2) esa Messi yana bir bor jarima zarbasini ijro etdi. Uchrashuvning 31-daqiqasida yo'llangan zarba darvoza ustuniga tegib qaytdi.

Qayd etish joiz, Messi ushbu Jahon chempionatida jarima zarbasidan bitta gol urishga muvaffaq bo'lgan. U guruh bosqichining 3-turida Iordaniyaga qarshi bahsda (3:1) to'g'ridan to'g'ri jarima zarbasini golga aylantirgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Misr Misr
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar