Live
1
O'zbek

Garri Uilson rasman «Lids» futbolchisiga aylandi

Futbol
8 iyul, 14:40
Uelslik futbolchi yangi klubi bilan to'rt yillik shartnoma imzoladi.
Garri Uilson rasman «Lids» futbolchisiga aylandi
Foto: Getty Images

«Lids» klubi Garri Uilson transferini rasman e'lon qildi.

Uelslik futbolchi «Fulhem»ni erkin agent maqomida tark etib, Yorkshir klubi bilan to'rt yilga mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Uilson o'tgan mavsum «Fulhem»ning eng yorqin futbolchilaridan biri bo'ldi. U Angliya Premer-ligasida 36 ta bahsda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchi London klubi safida jami besh yil to'p tepdi.

Eslatib o'tamiz, Garri Uilson 2015–2021 yillar oralig'ida «Liverpul»ga tegishli bo'lgan. Biroq u asosiy jamoa safida rasmiy bahslarda maydonga tushmagan va bu davr mobaynida besh marta ijara asosida boshqa klublarda o'ynagan.

O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, «Fulhem» Angliya Premer-ligasini 52 ochko bilan 11-o'rinda, «Lids» esa 47 ochko jamg'arib 14-pog'onada yakunlagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lids Lids
  • Fulhem Fulhem
Bugungi yangiliklar