"Chelsi" bosh murabbiyi Xabi Alonso hamda "Fulhem" ustozi Alvaro Arbeloa Angliya Premer-ligasi 1-turida o'zaro to'qnash keladi.
London derbisida "Fulhem" o'z maydonida "ko'klar"ni qabul qiladi. Bahs 24 avgust kuni "Kreyven Kottej" stadionida bo'lib o'tadi.
Ushbu uchrashuv har ikki mutaxassis uchun ham Angliya Premer-ligasidagi ilk rasmiy o'yin bo'ladi. Xabi 17 may kuni "aristokratlar" bosh murabbiyi etib tayinlangan bo'lsa, Arbeloa 7 iyul kuni yangi jamoasida lavozimga tayinlandi.
Qiziq jihati shundaki, har ikki ispaniyalik mutaxassis avvalroq Madridning "Real" klubi tizimida faoliyat yuritgan.