Jahon chempionati 1/8 finalidan o'rin olgan Argentina va Misr bellashuvi bo'lib o'tdi. Gollarga boy kechgan bellashuvda argentinaliklar 3:2 hisobida g'alaba qozondi.
Misrliklar Ibrohim va Zikoning gollari evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. 79-daqiqada Romero hisobdagi farqni qisqartirdi. Messi 83-daqiqada muvozanatni tikladi. 90+3-daqiqada esa Enzo Fernandes g'alaba goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa, Argentina superkambek evaziga chorak finalga chiqdi.
JCH-2026. 1/8 final
Argentina – Misr 3:2
Gollar: Romero 79, Messi 83, Enzo Fernandes 90+3 – Ibrohim 15, Ziko 67
Argentina: Emiliano Martines, Molina (Montiel, 73), Romero, Lisandro Martines, Talyafiko (Gonsales, 66), de Paul (Linsadro Martines, 66), Makallister, Fernandes, Paredes, Messi, Alvares.
Misr: Shobeyr, Rabiya, Ibrohim, Hani, Hafez, Ashur (Fat'hi, 46), Attiya, Lashin, Ziko, Saloh, Hassan (Trezegu, 73).
Foydalanilmagan penalti: Messi 21
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi