Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirdi.
FIFA prezidenti Janni Infantino paragvaylik senator Selesta Amariliyaning Fransiya milliy jamoasi hujumchisi va sardori Kilian Mbappe manziliga aytgan gaplarini e’tiborsiz qoldirmadi.
Avvalroq jahon chempionati-2026 1/8 final doirasidagi Fransiya va Paragvay milliy jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyin (1:0) Amariliya yagona gol sohibini irqchilik ruhidagi haqoratlar bilan «siylagan» edi. Keyinroq Fransiya futbol Federatsiyasi vaziyat yuzasidan prokuraturaga murojaat qilingani va bu holatga chidab bo‘lmasligi borasida bayonot berdi.
«Shubhasiz, men Kilian Mbappe manziliga Paragvay senatori Amoriliya tomonidan irqchilik ruhidagi har qanday haqoratlarni qoralayman. Futbol dunyosi va jamoatchilik Fransiya milliy jamoasi sardori tomonida: biz irqchilikka qarshi kurashishimiz va uni birgalikda yo‘q qilishimiz zarur», - dedi Infantino.