«Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares bir necha hafta avval omma oldida Madrid klubini tark etish istagini bildirgan edi. Forvard Misr bilan bellashuvdan so'ng kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
— Fikringizni o'zgartirdingizmi? «Atletiko»da qolasizmi?
— «Yo'q, hozir men faqat jahon chempionatining chorakfinali haqida o'ylayapman. Oldimizda juda muhim o'yinlar turibdi, shuning uchun butun e'tiborim aynan shu bahslarga qaratilgan», — dedi argentinalik hujumchi.
Transfermarkt portali 26 yoshli futbolchining bozor qiymati 100 million yevroni tashkil etadi. Uning «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2029/30 yilgi mavsum yakunigacha mo'ljallangan.