Live
1
O'zbek

Fernandes JCH tarixidagi yubiley 3000-golini urdi

Futbol
7 iyul, 17:22
Enco argentinaliklar safida g'alaba goliga mualliflik qildi.
Fernandes JCH tarixidagi yubiley 3000-golini urdi
Фото: Getty Images

Argentina milliy jamoasi yarimhimoyachisi Enco Fernandes jahon chempionati 1/8 finalida Misr darvozasiga g'alaba golini urishga muvaffaq bo'ldi.

Uning ushbu goli 1930 yildan buyon o'tkazib kelinayotgan barcha jahon chempionatlari tarixidagi 3000-gol sifatida qayd etildi.

Mundiallar tarixidagi yubiley gollari mualliflari:

• 1000-gol — Rob Rensenbrink (Niderlandiya)
• 2000-gol — Markus Albek (Shvetsiya)
• 3000-gol — Enco Fernandes (Argentina)

Endi argentinaliklar keyingi bosqichda Shveytsariya — Kolumbiya juftligi g'olibi bilan bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar