Live
1
O'zbek

Messi: "Argentina bugun aqlbovar qilmas o‘yin namoyish etdi"

Futbol
7 iyul, 17:34
Leo Misrga qarshi bahsda gol va assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
Messi: "Argentina bugun aqlbovar qilmas o‘yin namoyish etdi"
Фото: Getty Images
07.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Argentina Argentina 3 : 2 Misr Misr

Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi jahon chempionati 1/8 finalida Misr ustidan qozo‘nilgan irodali g‘alaba (3:2) haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Keyingi bosqichga chiqqanimizdan juda xursandmiz. Bu juda og‘ir o‘yin bo‘ldi. Yana qiynaldik, ammo jahon chempionati shunday musobaqa — bu yerda oson o‘yin bo‘lmaydi. Jamoamiz hech qachon taslim bo‘lmaydi va har doim oxirigacha kurashadi. Argentina milliy jamoasi ko‘rsatgan o‘yin — bu haqiqiy aqlbovar qilmas voqea", — dedi Messi.

Shu tariqa, argentinaliklar chorak finalga yo‘llanma oldi. Lionel esa turnirdagi 8-golga mualliflik qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Misr Misr
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar