Live
1
O'zbek

Enso Fernandes: «Bu golni uch yildan beri orzu qilardim»

Futbol
7 iyul, 17:07
Futbolchi 90+3-daqiqada g‘alaba goliga mualliflik qildi.
Enso Fernandes: «Bu golni uch yildan beri orzu qilardim»
Фото: Getty Images

Argentina milliy jamoasi yarimhimoyachisi Enso Fernandes Misrga qarshi bahsda so‘ng o‘z fikrini bildirdi.

«To‘g‘risi, bu golni qariyb uch yildan beri, yana Qatardagi jahon chempionati davridan buyon orzu qilib kelardim. Rostini aytsam, shunday lahzalarni boshdan kechirish imkoniyatini bergani uchun Yaratganga shukr qilaman. Bu men uchun katta sharaf.

Shu bilan birga, jamoadoshlarimni alohida ta’kidlamoqchiman. Bizda hech qachon taslim bo‘lmaydigan, qiyinchilik va sinovlarga qaramay kurashishda davom etadigan ajoyib jamoa bor.

Biz har doim birgamiz. Jamoadoshlarimga, murabbiylar shtabiga, bu yerda bizga muxlislik qilayotgan barchaga va Argentinadagi barcha yurtdoshlarimizga minnatdorlik bildiraman. Bu oldinga tashlangan yana bir muhim qadam», — dedi Fernandes FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
Bugungi yangiliklar