«Napoli» yarimhimoyachi Skott Maktominay bilan hamkorlikni yanada uzoq muddatga davom ettirishni rejalashtirmoqda.
Insayder Nikolo Skira xabar berishicha, neapolliklar shotlandiyalik 29 yoshli futbolchiga 2030 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Bitimga yana bir mavsumga avtomatik uzaytirish imkoniyati ham kiritilishi mumkin.
Shuningdek, klub futbolchining yillik maoshini 7 million yevroga oshirishga tayyor. Biroq futbolchi tomoni uning yillik ish haqi kamida 10 million yevro bo'lishini istamoqda.
Skott o'tgan mavsum barcha turnirlarda 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.