«Napoli» rahbariyati yana Italiya moliyaviy nazorat organlari e'tiboriga tushdi. Bu haqda La Repubblica nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Italiya Soliq politsiyasi («Guardia di Finanza») «Napoli» va De Laurentislar oilasiga tegishli «Bari» klubi o'rtasida amalga oshirilgan ayrim transfer va moliyaviy bitimlarni tekshirmoqda.
Qayd etilishicha, surishtiruv nafaqat «Napoli» prezidenti Aurelio De Laurentis, balki uning o'g'li Luiji De Laurentis faoliyatini ham qamrab olgan.
Eslatib o'tamiz, «Napoli» 2025/26 yilgi A Seriya mavsumini ikkinchi o'rinda yakunlagan. Neapol klubi Italiya chempionatida to'rt bor chempion bo'lgan bo'lib, so'nggi bor bu sovrinni 2025 yilda qo'lga kiritgan.