Bugun
14
O'zbek

Barbosa: «Ronaldu o'z merosiga o'zi putur yetkazmoqda»

Futbol
7 iyul, 10:00
Portugaliyalik agent hujumchini shaxsiy rekordlarni jamoa manfaatidan ustun qo'yishda aybladi.
Barbosa: «Ronaldu o'z merosiga o'zi putur yetkazmoqda»
Foto: Getty Images
06.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya 0 : 1 Ispaniya Ispaniya

Portugaliyalik futbol agenti Paulu Barbosa Krishtianu Ronalduning Portugaliya milliy jamoasidagi o'rni va faoliyati haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«Krishtianu Ronaldu — muammo. Afsuski, u avvalgidek futbolchi emas. U shaxsiy rekordlarini milliy jamoa manfaatlaridan ustun qo'ymoqda. Kecha Portugaliya Jahon chempionatidan chiqib ketdi, ammo u 2028 yilgi Yevropa chempionatida ham o'ynashni istayotganiga ishora qildi.

Har qanday buyuk futbolchi uchun faoliyatini yakunlash qiyin. Ronaldu hamon o'zini yuqori darajada deb hisoblaydi, lekin unday emas. Messi hali ham yuqori saviyada o'ynamoqda, chunki u jamoa uchun harakat qiladi. Ronaldu esa bunday qilmayapti.

Ronaldu o'z merosiga o'zi putur yetkazmoqda. U yangi avlodga yo'l berish kerakligini tushunmayapti. Endi boshqa futbolchilar o'ynashi, jamoada tizim ishlashi kerak. Katta ego — bu muammo va bunday futbolchilar uchun maydonni tark etish doim qiyin bo'ladi», — deya Barbosaning so'zlarini «Chempionat» nashri keltirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar