Bu haqda O‘zbekiston professional ligasi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xabar berdi.
Samarqandning «Dinamo» klubi rahbariyatida o‘zgarish sodir bo‘ldi. Avval xabar berganimizdek, Shuhrat Ro‘ziyev Samarqand viloyat futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti sifatida faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi. O‘z navbatida, klub iyun oyi oxirida vaqtinchalik bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Anvar Nosirovni ligada rasman ro‘yxatdan o‘tkazdi.
«Bungacha klub direktori sifatida faoliyat yuritib kelgan Shuhrat Ro‘ziyev klub bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi. Klub Anvar Nosirovni direktor sifatida Ligada ro‘yxatdan o‘tkazdi», - deyiladi PFL xabarida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Superligasi ushbu mavsumining 11-turidan keyin 11 ochko jamg‘argan samarqandliklar jadvalda 13-o‘rinni band etib turibdi.