Opta Analyst superkompyuteri Jahon chempionati 1/8 finalidan o'rin olgan Argentina va Misr o'rtasidagi bahs uchun ehtimoliy natijalarni e'lon qildi.
Hisob-kitoblarga ko'ra, Argentina milliy jamoasining asosiy vaqtda g'alaba qozonish ehtimoli 69,6 foizni tashkil etmoqda. Misrning g'alaba qozonish imkoniyati 11,5 foizga baholangan.
Shuningdek, bahsning asosiy vaqtda durang yakunlanib, qo'shimcha bo'limlar yoki penaltilar seriyasiga o'tish ehtimoli 18,9 foiz etib ko'rsatilgan.
Eslatib o'tamiz, Misr guruh bosqichini 5 ochko bilan yakunlab, G guruhida ikkinchi o'rinni egallagan. Argentina esa J guruhida 9 ochko jamg'arib, pley-off yo'llanmasini birinchi o'rindan qo'lga kiritgan.
1/16 finalda argentinaliklar Kabo-Verdeni qo'shimcha bo'limlarda 3:2 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, Misr Avstraliyani penaltilar seriyasida (asosiy va qo'shimcha vaqtda 1:1, penaltilarda 4:2) taslim etgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi