Bugun, 7 iyul kuni AQSHning Atlanta shahridagi «Mercedes-Benz Stadium»da Jahon chempionatining 1/8 finalidan o'rin olgan Argentina — Misr bahsi bo'lib o'tadi.
Bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.
Argentina ushbu bosqichga 1/16 finalda Kabo-Verdeni qo'shimcha bo'limlarda 3:2 hisobida mag'lub etib yo'l olgan bo'lsa, Misr Avstraliyani penaltilar seriyasida (asosiy vaqtda 1:1, penaltilarda 4:2) taslim etgan.
Eslatib o'tamiz, Argentina amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. Janubiy amerikaliklar 2022 yilgi mundial finalida Fransiyani penaltilar seriyasida mag'lub etib, bosh sovrinni qo'lga kiritgandi.