Bugun
14
O'zbek

Ronaldu Jahon chempionati pley-off bosqichida yangi rekord o'rnatdi

Futbol
7 iyul, 09:30
Portugaliyalik hujumchi 41 yosh-u 151 kunligida pley-off bahsini to'liq o'tkazgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi.
Ronaldu Jahon chempionati pley-off bosqichida yangi rekord o'rnatdi
Foto: Getty Images
06.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya 0 : 1 Ispaniya Ispaniya

Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Jahon chempionatlari tarixida yana bir rekord muallifiga aylandi.

Ispaniyaga qarshi 1/8 final bahsida (0:1) maydonda to'liq 90 daqiqa harakat qilgan Ronaldu pley-off bosqichida to'liq o'yin o'tkazgan eng yoshi katta maydon futbolchisi sifatida tarixga kirdi.

Mazkur bahs kuni portugaliyalik yulduz 41 yosh-u 151 kunlik edi. Shu tariqa u Jahon chempionati pley-off bosqichidagi avvalgi rekordni ortda qoldirdi.

Eslatib o'tamiz, Portugaliya Ispaniyaga 0:1 hisobida mag'lub bo'lib, Jahon chempionati bilan xayrlashdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

30+ izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar