Bugun
14
O'zbek

Ispaniya Jahon chempionatlari tarixida misli ko'rilmagan rekord o'rnatdi

Futbol
7 iyul, 08:30
Luis de la Fuente shogirdlari ketma-ket oltita bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Ispaniya Jahon chempionatlari tarixida misli ko'rilmagan rekord o'rnatdi
Foto: Getty Images
06.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya 0 : 1 Ispaniya Ispaniya

Ispaniya milliy jamoasi Jahon chempionatlari tarixida hech bir terma jamoaga nasib etmagan rekordni qayd etdi.

Portugaliya ustidan 1:0 hisobida qozonilgan g'alabadan so'ng Luis de la Fuente shogirdlari Jahon chempionatidagi ketma-ket oltinchi bahsni ham o'tkazib yuborilgan golsiz yakunladi.

Shu tariqa, Ispaniya Jahon chempionatlari tarixida ketma-ket oltita o'yinda gol o'tkazib yubormagan ilk milliy jamoaga aylandi. Ispanlarning «quruq» seriyasi 10 soatdan oshdi.

Bundan tashqari, Ispaniya darvozaboni Unai Simon ham shaxsiy rekordini yaxshiladi. «Atletik» posboni Jahon chempionatlarida o'tkazib yuborilgan golsiz seriyasini 609 daqiqagacha yetkazdi.

Eslatib o'tamiz, Unai Simon ushbu turnirdagi so'nggi golni 2022 yilgi Jahon chempionatining guruh bosqichi 3-turida Yaponiyaga qarshi bahsning 51-daqiqasida o'tkazib yuborgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar