Bugun
14
O'zbek

Baleba «Manchester Yunayted»ga o'tishni istamoqda, ammo transfer hozircha kun tartibida emas

Futbol
7 iyul, 08:00
Kamerunlik yarimhimoyachi «qizil iblislar» safiga qo'shilishga qarshi emas.
Baleba «Manchester Yunayted»ga o'tishni istamoqda, ammo transfer hozircha kun tartibida emas
Foto: Getty Images

Baleba «Manchester Yunayted»ga o'tishni istamoqda, ammo transfer hozircha kun tartibida emas

Kamerunlik yarimhimoyachi «qizil iblislar» safiga qo'shilishga qarshi emas.

«Brayton» yarimhimoyachisi Karlos Baleba faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishni istamoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, «Manchester Yunayted» futbolchining pozitsiyasidan xabardor, biroq hozircha uning transferini ko'rib chiqmayapti. Qayd etilishicha, klub faqat boshqa transferlar amalga oshmay qolgan taqdirdagina Baleba variantiga qaytishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, «qizil iblislar» kamerunlik yarimhimoyachini o'tgan yozda ham o'z safiga qo'shib olishga harakat qilgan, biroq «Brayton»ning yuqori moliyaviy talablari sabab kelishuv amalga oshmagandi.

22 yoshli futbolchi 2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 35 ta bahsda maydonga tushdi. Uning «Brayton» bilan shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali Balebaning transfer qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Brayton Brayton
Bugungi yangiliklar