«Bornmut» yarimhimoyachisi Aleks Skott yozgi transfer oynasida «Manchester Yunayted» safiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko‘ra, «Arsenal», «Chelsi» va «Manchester Yunayted» futbolchining transfer narxini bilish maqsadida «Bornmut»ga rasmiy so‘rov yuborgan.
Manba ta'kidlashicha, avvalroq «Bornmut» 22 yoshli futbolchini sotishni istamayotgani haqida xabarlar tarqalgan bo‘lsa-da, klub «Manchester Yunayted»dan tushadigan 93,6 million yevrolik taklifni qabul qilishga tayyor. Bu haqda Konurga ikki mustaqil manba ma'lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Aleks Skott 2025/26 yilgi mavsumda «Bornmut» safida barcha musobaqalarda 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma'lumot uchun, Aleks Skott Angliyaning eng istiqbolli markaziy yarimhimoyachilaridan biri hisoblanadi va unga bir nechta top-klublar qiziqish bildirmoqda.