«Barselona» yarimhimoyachisi Gavi «Manchester Yunayted»dan taklif oldi. Bu haqda Mirror nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, «qizil iblislar» bosh murabbiyi Maykl Kerrik ispaniyalik 22 yoshli futbolchini o'z jamoasi safida ko'rishni istagan.
Qayd etilishicha, ingliz klubi Gavining transferi uchun taxminan 41 million yevro taklif qilgan. Biroq futbolchi «Barselona»da qolishga qaror qilgan va «MYU»dan tushgan taklifni rad etgan.
Ma'lumot uchun, Gavi «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoa safida 166 o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgani va 18 ta assistni qayd etgani ma'lum.