Live
3
O'zbek

«Benfika» va «Marsel» Adarabiyo uchun kurashmoqda

Futbol
19 avgust, 10:30
London klubi himoyachi bilan xayrlashishga qarshi emas.
«Benfika» va «Marsel» Adarabiyo uchun kurashmoqda
Фото: Getty Images

«Chelsi» himoyachisi Tosin Adarabioyo transfer yakuniga qadar jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Sky Sports nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, angliyalik 28 yoshli futbolchiga «Marsel» va «Benfika» jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Chelsi» Maksans Lakruani o'z safiga qo'shib olganidan so'ng himoyachilar soni ortdi. Natijada «ko'klar» Tosin bilan xayrlashishga qarshi emas.

Hozirda da'vogar jamoalar himoyachining vakillari bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Biroq tomonlar o'rtasida hech qanday kelishuv mavjud emas.

Adarabiyoga asosiy da'vogar sifatida «Benfika» qayd etilmoqda. Lissabon klubi futbolchining barcha moliyaviy talablarini bajarishga tayyor.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar