"Vest Hem" himoyachisi Aaron Van-Bissaka faoliyatini "Aston Villa"da davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Kongo DR milliy jamoasining 28 yoshli futbolchisi ijara asosida birmingemliklar safiga kelib qo'shiladi. Bitimda futbolchini keyinchalik majburiy sotib olish bandi ham mavjud.
Van-Bissaka o'tgan mavsumda "bolg'achilar" safida barcha turnirlar doirasida 27 ta bellashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgandi. Biroq jamoa bilan Chempionshipga tushib ketgandi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil qiladi.