Live
6
O'zbek

Vikario kelgach, «Yuventus» kiperi jamoani tark etishga rozi bo‘ldi

Futbol
19 avgust, 11:35
Darvozabon Mikele Di Gregorio Turinni tark etishga rozilik bildirdi.
Vikario kelgach, «Yuventus» kiperi jamoani tark etishga rozi bo‘ldi
Foto: Gettyimages

Darvozabon Mikele Di Gregorio klubga Gulelmo Vikario kelganidan keyin transfer oynasi yopilgunga qadar «Yuventus»ni tark etishga rozi bo‘ldi.

Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Di Gregorioga «Marsel»dan taklif tushgan va hozirda ushbu klub bilan ehtimoliy ijara borasida muzokaralar olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, Mikele Di Gregorio «Inter» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi turinliklar safiga 2024-yilda ijara asosida kelib qo‘shilgan, 2025-yildan beri esa klub sharafini to‘laqonli a’zo sifatida himoya qilib kelmoqda.

18-avgust kuni «Yuventus» darvozabon Gulelmo Vikarioni «Tottenhem»dan 2027-yilning 30-iyuniga qadar ijaraga olganini e’lon qildi. O‘tgan mavsumda italiyalik darvozabon barcha musobaqalarni inobatga olganda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, ularning 13 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olgan.

Bugungi yangiliklar