Live
4
O'zbek

“Siti” Fernandes transferidan voz kechishi mumkin – manba

Futbol
19 avgust, 12:05
Vaziyatdan kelib chiqib, “ko'klar” Ensoni jamoada saqlab qolishga tayyor.
“Siti” Fernandes transferidan voz kechishi mumkin – manba
Фото: Getty Images

“Chelsi” yarimhimoyachisi Enso Fernandesning “Manchester Siti”ga o'tishi masalasi hozircha ochiqligicha qolmoqda.

TEAMtalk ma'lumotiga ko'ra, “shaharliklar” argentinalik 25 yoshli futbolchi uchun 140 million yevro to'lashga tayyor emas.

Fernandesning o'zi “Manchester Siti”ga o'tishga qiziqish bildirgani aytilmoqda. Biroq “Chelsi”ning futbolchi uchun yuqori tovon puli talab qilayotgani kelishuvga asosiy to'siq bo'lib turibdi. Vaziyatdan kelib chiqib, “ko'klar” Ensoni jamoada saqlab qolishga tayyor.

Ma'lumot uchun, Fernandes o'tgan mavsumda London klubi safida barcha turnirlar doirasida 54 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol va 7 ta golli uzatma qayd etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Chelsi Chelsi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar