Superliga 18-turida "Dinamo" mehmonda OKMK klubiga qarshi bellashdi. Olmaliqdagi bahsda Vadim Abramov jamoasi minimal hisobda g'alaba qozondi. O'yindagi yagona gol 48-daqiqada Firdavs Abdurahmonov hisobiga yozildi.
Bu g'alabadan so'ng samarqandliklar 25 ochko bilan turnir jadvalida 8-o'ringa ko'tarildi. Olmaliq klubi esa 28 ochko bilan 5-pog'onada.
Superliga. 18-tur
OKMK – Dinamo 0:1
Gol: Firdavs Abdurahmonov 48
OKMK: Hamidullo Abdunabiev, Shahzod Tairov, Giorgi Papava, Avazbek Ulmasaliev, Dilshodbek Ahmadaliev, Asadbek Sobirjonov (Ivan Peshich, 60), Ali Abdurahmonov, Nodirbek Abdurazzoqov, Ahmadullo Muqumjonov, Hazrat Tursunqulov (Urosh Koyich, 60), Arihiro Sentoku.
Dinamo: Edem Nemanov, Artyom Radaev, Mixail Shtefan, Azizbek Amonov (Abdug'ofur Haydarov, 65), Amadu Dumbuya, Raul Jeparov, Tigran Avanesyan (Nurullo To'xtasinov, 82), Jaloliddin Jumaboev, Marko Stanoevich, Firdavs Abdurahmonov, Behruzbek Oblakulov.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi