Samarqandning "Dinamo" jamoasi hujumchisi Azizbek Amonov mashg'ulotlarga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
O'zbekiston milliy jamoasi bilan jahon chempionatida ishtirok etib qaytgan Aziz Amonov 18 iyul kuni "Qizilqum" — "Dinamo" (1:2) bahsida jarohat olib safdan chiqqandi. Bir oylik tiklanish jarayonidan keyin 28 yoshli hujumkor futbolchi mashg'ulotlarga qo'shildi.
Klub tibbiy bo'limining ma'lum qilishicha, Amonov hozirda o'zini yaxshi his etmoqda va u jarohatdan to'liq tiklanib, umumjamoaviy mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Dinamo" jamoasi ertaga, 19 avgust kuni Olmaliqda OKMK mehmoni bo'ladi. Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.