Belgiyalik yarimhimoyachi Kevin De Bryuyne «Manchester Siti» u bilan hamkorlikni davom ettirmaslikka qaror qilganini eshitganida ko‘z yoshlarini tiya olmagan. Bu haqda «shaharliklar» bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning klubdagi faoliyatining so‘nggi davriga bag‘ishlangan «A Beautiful Obsession» hujjatli filmida ma’lum bo‘ldi. Film Prime Video platformasida namoyish etilgan.
De Bryuyne 2015–2025 yillar davomida «Manchester Siti» safida to‘p tepdi. Shu vaqt ichida u 422 ta bahsda maydonga tushib, 108 ta gol urdi va 177 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, De Bryuyne «Manchester Siti» bilan olti marta Angliya chempioni bo‘lgan. Shuningdek, u ikki marta Angliya Kubogi va Superkubogini, besh marta Liga Kubogini qo‘lga kiritgan. Belgiyalik futbolchi klub bilan Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va Chempionlar ligasida ham g‘alaba qozongan.
Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli De Bryuyne 2025 yil yozidan buyon Italiyaning «Napoli» klubida faoliyat yuritmoqda.