Ispaniya milliy jamoasi va «PSJ» klubining yangi futbolchisi Ferran Torres muntazam ravishda psixoterapevt bilan suhbatlashishini aytdi.
«Men uchun xotirjamlikni saqlash muhim. E’tibor va bosim o‘zgarishimga yo‘l qo‘ymayman. Ha, men jahon chempioni bo‘ldim, ammo avvalgidek inson bo‘lib qolishim kerak. Mashhur bo‘lish menga yoqadi, shu bilan birga o‘zimni vazmin tutishga harakat qilaman. Tabiiyligimni saqlayman, do‘stlarim va yaqinlarim bilan munosabatlarimni davom ettiraman. Menda haftasiga kamida bir yoki ikki marta suhbatlashib turadigan psixoterapevt ham bor. Bu men uchun juda muhim», — dedi futbolchi Vogue nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Torresning so‘zlariga ko‘ra, unga yordam berayotgan mutaxassis futbolchining 2021 yilda «Manchester Siti»dan «Barselona»ga o‘tganidan keyin boshdan kechirgan ruhiy tushkunlik holatini yengib o‘tishida ko‘maklashgan.
«Bir muddat avval odamlar bunday mavzularda gapirishdan qo‘rqishardi va o‘zlarini noqulay his qilishardi. Menimcha, inson o‘z his-tuyg‘ulari haqida gapira olishi kerak. Bu nafaqat sportga, balki hayotga ham tegishli. Inson ham ruhan, ham jismonan kuchli bo‘lishi kerak», — deya qo‘shimcha qildi Torres.
Eslatib o‘tamiz, Ferran Torres shu yilning yozida «Barselona»dan «PSJ»ga o‘tgandi.