Live
1
O'zbek

«Milan» hujumchisi boshqa klub bilan kelishuvga erishdi

Futbol
18 avgust, 07:03
Santiago Ximenes «Portu»ga o‘tishga rozi bo‘ldi.
«Milan» hujumchisi boshqa klub bilan kelishuvga erishdi
Foto: Getty Images

«Milan» hujumchisi Santiago Ximenes «Portu»ga o‘tishga tayyor. Insayder Matteo Morettoning xabariga ko‘ra, meksikalik futbolchi Portugaliya klubining taklifiga rozilik bergan.

Klublar ham transfer bo‘yicha barcha rasmiy masalalarni hal qilish arafasida. Yaqin vaqt ichida «Portu» «Milan»ga futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olish bo‘yicha rasmiy taklif yuboradi.

Ma’lumot uchun, Santiago Ximenes «Milan» safida 2025 yil boshidan buyon to‘p tepmoqda. O‘sha paytda italiyaliklar uni Niderlandiyaning «Feyenoord» klubidan 30,2 million yevroga sotib olgan.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli hujumchining «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt Ximenesning bozor qiymatini 18 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • FC Porto FC Porto
Bugungi yangiliklar