«Arsenal»ning yosh futbolchisi Itan Nvaneri jamoani tark etishga yaqin. Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi yozgi transfer oynasi yakuniga qadar «Arsenal»dan ketadi.
Nvaneri mavsumoldi yig‘inlarida ishtirok etgan bo‘lsa-da, bugun «Manchester Siti»ga qarshi Angliya Superkubogi bahsida hatto zaxira o‘rindig‘idan ham joy olmadi.
Futbolchining transferga qo‘yilgani «Milan»ning e’tiborini tortgan. Italiyaning «rossoneri» klubi hujumkor yo‘nalishni kuchaytirish va hujumchi ortida harakat qila oladigan ijodkor futbolchi izlamoqda.
«Milan» Nvanerining o‘ng qanot yoki hujumchi ortidagi pozitsiyada o‘ynay olish imkoniyatlarini yuqori baholamoqda. Klub ingliz futbolchisini yoz davomida kuzatilgan nomzodlar qatoriga kiritgan.
Endi «Milan» Nvanerini San-Siroga olib kelish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.